O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-16 noyabr kuni Qoraqalpog`istonga safari davomida Nukus shahrini ko`zdan kechirib yurib, yosh kelin-kuyovning to`yiga ham tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbari yosh kelin-kuyovga baxt tilab, oilasi mustahkam bo`lishini tiladi. 17 noyabr kuni yosh kelin-kuyovlarga Nukus shahrining eng shinam maskanlarining biri “Qumbiz ovul” OFY hududida qad rostlagan ko`p qavatli uylarning biridan Prezident sovg`asi – turar joy sovg`a qilindi, deb yozmoqda O`zA.
- Bizning nikoh to`yimiz haqiqiy baxt to`yiga aylandi, - deydi yosh kelin-kuyov Sultan Torenov va Hurliman Arzievalar. – Shu kuni biz kechda bo`lib o`tadigan yoshlar to`yi oldidan Nukus shahrining chiroyli joylarini aylanib yurgandik. Sayl davomida tamaddi qilish uchun kichik bir qahvaxonaga kirdik. Bir payt biz o`tirgan erga Prezident kirib keldi va bizni baxt to`yimiz bilan qutladi. U paytdagi his-tuyg`ularimizni aytib etkazish qiyin, albatta.Prezidentimiz to`yimizga sovg`a sifatida uy berdi. Buning uchun davlatimiz rahbariga cheksiz minnatdormiz. Kelgusida o`quvlarimizni muvaffaqiyatli tamomlab, mamlakatimizning rivojiga hissa qo`shadigan mutaxassis bo`lishga harakat qilamiz.
Sultan va Hurliman ikkalasi ham talabalar. Ular Qoraqalpoq davlat universitetining Texnologiya fakultetida 4-kursda bitta guruhda tahsil oladi. Sultanning ota-onasini uyi Qorao`zak tumanining Madaniyat ovul fuqarolar yig`inida, kelin Hurlimanning uyi esa Nukus shahrida. Endi ular shaharning zamonaviy qismida birgalikda istiqomat qiladi.






