Bir vaqtlar Merilin Monroga topshirilgan “Oltin globus” mukofoti kimoshdi savdosida sotildi, deya xabar bermoqda TASS nashri.
Ushbu mukofotni aktrisa 1961 yili qo`lga kiritgan edi.
Kimoshdi savdosi AQshning Los-Anjeles shahrida bo`lib o`tdi. “Oltin globus” 250 ming dollarga sotilgan.
Shuningdek, Julien's Auctions kimoshdi savdo uyida Merilin Monroning shaxsiy buyumlari ham sotuvga qo`yildi.






