International SOS sog`liqni saqlash mutaxassislari Liviya, Afg`oniston, Somali, Yaman, Mali va Janubiy Sudanni turistlar uchun 2019 yilda eng xavfli mamlakatlar bo`lishini ma`lum qilishmoqda, deya ma`lum qilmoqda RIA Novosti nashri.
Gap shundaki, bu mamlakatlarda shu kunlarda shaxsiy dahlsizlik darajasi o`ta past.
Shuningdek, Nigeriya, Kot-d'Ivuar, Iroq, Venesuela, Shimoliy Koreya va Serra-Leone ham xavfli ekanligi aytilmoqda.
Turistlar uchun eng xavfsiz mamlakatlar esa Norvegiya, Finlyandiya, Islandiya, Daniya, Shveysariya, Sloveniya va Grenlandiya ekanligi ma`lum qilindi.






