AsosiySiyosat

​Bosh vazir deputatning Ukraina masalasidagi taklifiga qanday munosabat bildirdi?

'​Bosh vazir deputatning Ukraina masalasidagi taklifiga qanday munosabat bildirdi?'ning rasmi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida hukumat a`zolari ishtirokida deputatlar tomonidan O`zbekistonning bosh moliyaviy hujjati loyihasi – soliq va byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari ko`rib chiqildi. Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Muhokamalar davomida Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev Bosh vazirga murojaat etib, Ukrainaning o`zbek avtomobillariga nisbatan qo`ymoqchi bo`layotgan cheklovlariga qarshi yaqinda deputatlarning munosabati va bildirgan taklifi bo`yicha Hukumat tomonidan qanday choralar ko`rish rejalashtirilayotganligini so`radi. Deputat o`z so`zida agar zarur bo`lsa Hukumat Ukraina mahsulotlari importining o`rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi boshqa mamlakatlar bilan savdo iqtisodiy munosabatlarni yo`lga qo`yish maqsadga muvofiq ekanligini bildirib o`tdi.

Bosh vazir deputatning ushbu taklifiga javoban mamlakatimizda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida uzoq va yaqin qo`shni mamlakatlar bilan o`zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni olib borishga alohida e`tibor qaratilayotganligi va shu bois, Ukraina parlamenti tomonidan ko`tarilib Ukraina hukumatiga kiritilgan O`zbekiston avtomobillariga qarshi cheklov o`rnatish bo`yicha choralarga qarshi har qanday chora qo`llashda vazminlik va bosiqlik bilan ish tutish zarurligini ma`lum qildi.

Hukumat rahbari o`z so`zida ayni vaqtda O`zbekistondagi tegishli vazirlik va idoralar Ukraina tomoni bilan mazkur masalada aniq echimga kelish ustida ishlayotganligi va yaqin vaqt ichida tomonlar o`zaro manfaatli to`xtamga kelinishiga ishonch bildirdi.

    Boshqa yangiliklar