AsosiyDunyo

Isroil aholisi Hamas guruhi bilan sulh tuzishga qarshi

'Isroil aholisi Hamas guruhi bilan sulh tuzishga qarshi 'ning rasmi

Isroilning G`azo sektoriga yaqin bo`lgan Sderot va Ashkelon shaharlarida mahalliy aholi vakillari Hamas guruhi bilan sulh tuzishga qarshi noroziliklar o`tkazishmoqda, deb xabar qildi Ntv.ru nashri.

Odamlar Hamas bilan har qanday kelishuvga erishish xato ekanini ta`kidlashmoqda. Mazkur shaharlar muntazam ravishda Falastin jangarilari tomonidan raketa va oxak bombardimonlari ostidadir.

– Ashkelonda yashash juda og`ir bo`lib qolgan. Har soniyada raketa kelib tushishi xavfi bor. Bolalarimiz ham qo`rqib yashamoqda, – deydi aholi vakillaridan biri.

    Boshqa yangiliklar