AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning ikkinchi uchrashuvi 2019 yilda bo`lishi rejalashtirilmoqda, deb xabar qilmoqda Usa.one nashri.
Bu haqda Qo`shma shtatlar Bosh vaziri Mayk Pens ma`lum qilgan. Biroq uchrashuvning o`tkazilish joyi va sanasi hozircha aniqlanmagan. Pensning so`zlariga ko`ra, Qo`shma shtatlar yadroviy qurolsizlantirilishga oid kelishuvga qaramasdan, u buzilgan taqdirda, avvalgi xatolar takrorlanishiga yo`l qo`ymaydi.






