Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yordamida «Ixtisoslashgan so`yish korxonalarining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me`yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasini olish» imkoni yaratildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevraldagi «Tadbirkorlik sub`ektlariga davlat xizmatlarini ko`rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida» PQ-2750-son qarori va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi «Davlat veterinariya xizmati tizimida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartib-taomillaridan o`tish tartibi to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida» 139-son qarorining ijrosini ta`minlash maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ixtisoslashgan so`yish korxonalarining veterinariya me`yorlariga muvofiqligi haqida xulosani olish uchun ariza yuborish imkoni taqdim etildi.
Xulosani 7 ish kuni davomida olish mumkin.
Xulosa kim tomonidan taqdim etiladi?
Tuman yoki shahar veterinariya bo`limi my.gov.uz orqali murojaat etuvchining iltimosiga binoan tegishli xulosani beradi.
Bu qanday ishlaydi?
1-qadam. Xizmatdan foydalanish shartlari bilan tanishish.
2-qadam. Murojaatchi haqida ma`lumot to`ldiriladi.
3-qadam. So`yish korxonasining jismoniy manzili haqida ma`lumot to`ldiriladi.
- Hudud tanlanadi;
- Tuman tanlanadi;
- Amaldagi faoliyat ko`rsatish manzili ko`rsatiladi;
- Ixtisoslashgan so`yish korxonasining joylashish sxemasi yuklanadi;
- «Siz binoning egasi hisoblanasizmi?» belgilanadi;
- Binoga egalik huquqi yoki ijarani tasliqlovchi shuningdek, ixtisoslashgan so`yish korxonasi xonalarining qurilish, texnik va ishlab chiqarish tavsifi to`g`risidagi hujjatlar nusxasi yuklanadi.






