Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 14 noyabr kuni Xorazm viloyati Yangibozor tumanida yashovchi A.R. o`zining “Lasetti” rusumli avtomashinasini “Otayurt” MFY hududidan o`tuvchi 933-km.da haydab ketayotib, o`zidan oldinda harakatlanib ketayotgan M.G`. boshqaruvidagi “Kamaz-53215” rusumli yuk ko`tarish avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir etgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, natijada “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi, uning 5 nafar yo`lovchilari (ulardan 2 nafari ona va bola) jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay yo`lovchilardan biri 2 yoshli qizaloqning onasi O.S. vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






