AsosiySiyosat

O`zbekiston parlamenti delegasiyasi ilk bor Tojikistonga boradi

'O`zbekiston parlamenti delegasiyasi ilk bor Tojikistonga boradi'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchiligidagi O`zbekiston parlamenti delegasiyasi ikki davlat mustaqillik yillari tarixida ilk bor Tojikistonga keladi. Bu haqda Tojikiston parlamenti qo`mita raisi Olim Salimzoda ma`lum qildi, deya xabar beradi «Xalq so`zi».

Mazkur safar joriy yil 19 — 22 noyabr kunlari bo`lib o`tadi.

O`zbekiston delegasiyasi Tojikistonga safari chog`ida prezident Emomali Rahmon, ushbu davlat parlamentining palatalari spikerlari Mahmadsaid Ubaydulloev va Shukurjon Zuhurov bilan uchrashadi.

Delegasiya «TALKO kabel» zavodi faoliyati bilan tanishadi va Nurek GESiga boradi. Mehmonlar, shuningdek, Tojikiston Milliy kutubxonasi va Dushanbedagi «Kohi Navro`z»da ham bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar