AsosiyJamiyat

GM Uzbekistan Damas va Labo avtomobillariga arizalar qabul qilinishini vaqtincha to`xtatdi

'GM Uzbekistan Damas va Labo avtomobillariga arizalar qabul qilinishini vaqtincha to`xtatdi'ning rasmi

GM Uzbekistan avtomobillarining onlayn xaridi bo`yicha yangi «Uzavtosavdo.uz» tizimi ishga tushirilganidan boshlab Damas va Labo avtomobillariga bo`lgan arizalar inventarizasiya qilinganligini ma`lum qildi, deb xabar berdi GM Uzbekistan AJ matbuot xizmati.

2018 yilning 24 avgustidan 6 noyabriga qadar bo`lgan davrda xaridorlar tomonidan 11 141 ariza va shartnomalar bekor qilindi. Natijada bugungi kungacha 128 274 arizalar mavjud (shundan: 99 563 Damas va 28 711 Labo avtomobillariga).

7 noyabr kuni «O`zavtosanoat» AJda bo`lib o`tgan press-brifingda ma`lum qilinganidek, ushbu modeldagi avtomobillarning ishlab chiqarish hajmi 2018 yilda 42 ming donani tashkil qiladi, ushbu ko`rsatkichni 2019 yilda 54 mingga etkazish ko`zda tutilgan. Kompaniya ushbu modellarning ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bo`yicha qo`lidan kelgan barcha sa`y-harakatlarni amalga oshiradi.

Ayni damda barcha arizalar kompaniya tomonidan xronologik tarzda, ular qoldirilgan sanaga qarab tahlil qilinyapti.

Shunday qilib, 2018 yilning 8 noyabr holatiga xronologik tartibda ariza qoldirgan sanalar bo`yicha dastlabki to`lovni amalga oshirish uchun 27 000 dona shartnoma mavjud. Ushbu shartnomalar 2019 yilning 6 oylik ishlab chiqarish hajmini o`z ichiga oladi. Ushbu xaridorlar yozma va SMS tarzda bildirish oladi.

Kunlik yangilanadigan ro`yxat bilan GM Uzbekistan rasmiy saytida quyidagi havolaorqali tanishish mumkin:

Mavjud arizalar bo`yicha tekshiruvlar oxiriga etkazilmagunga qadar ushbu modeldagi avtomobillarga yangi arizalar qabul qilinishi vaqtincha to`xtatiladi.

«Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`raymiz!», - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar