AsosiyJamiyat

Yurtimizning har bir hududida Prezident maktablari tashkil etiladi

'Yurtimizning har bir hududida Prezident maktablari tashkil etiladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida bo`lib o`tayotgan uchrashuvda yurtimizning har bir hududida Prezident maktablari tashkil etilishi haqida ma`lum qildi, deb xabar berdi davlat rahbarining rasmiy sayti.

«Mamlakatimizni yangi taraqqiyot bosqichiga ko`tarishni o`z oldimizga ustuvor vazifa qilib qo`ygan ekanmiz, buni amalga oshirish uchun bizga, eng avvalo, yangi avlod kadrlari kerak. Ana shunday yuksak salohiyatli kadrlarni tarbiyalash maqsadida yurtimizning har bir hududida bittadan yangi tipdagi maktablar - Prezident maktablarini tashkil etishni rejalashtirganmiz», - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari bu ishni Qoraqalpog`istondan, Nukus shahridan boshlashni taklif qildi. Taklifni barcha katta xursandchilik bilan qo`llab-quvvatlagach, Prezidentimiz soha mutasaddilariga bu bo`yicha topshiriqlar berdi.

Kelgusi yili Qoraqapog`istonda 2 ming 400 o`rinli 7 ta maktab qurilishi, maktabgacha ta`lim va sog`likni saqlash tizimlaridagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Uchrashuvda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi a`zolari, shahar va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Videoselektor orqali uni shahar va tumanlarda keng jamoatchilik vakillari kuzatib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar