Toshkent - Mumbay reysidagi samolyot yo`lovchilardan birining ahvoli yomonlashishi tufayli Samarqandga favqulodda qo`ndi, deb xabar qildi “O`zbekiston havo yo`llari” xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, trapda yo`lovchini tez yordam mashinasi kutib turgan va u viloyat markazidagi kasalxonalardan biriga olib ketildi.
HY-427 Toshkent-Mumbay yo`nalishidagi reys soat 00:05da Toshkent aeroportidan parvoz qilgan. Oradan ko`p o`tmay, samolyot Afg`oniston hududi uzra bo`lganida, yo`lovchi o`zini yomon his qila boshlagan.
Yo`lovchining ahvolini yomonlashgani uchun ekipaj shoshilinch ravishda ortga qaytish va yo`lovchini katta shaharlardan biridagi eng yaqin aeroportga etkazishga qaror qildi. Samarqand yaqinligi va yo`lovchini qabul qilishi mumkin bo`lgan yirik tibbiy muassasalarga egaligi yuzasidan eng optimal variantga aylandi.
Yo`lovchi yurak xuruji bilan kasalxonaga yotqizilgandan so`ng, samolyot parvozni davom ettirgan va Mumbayga biroz kechikish bilan etib borgan (6:15da).






