Turizm infratuzilmasi ob`ektlarini qurish uchun investorga aniq investisiya majburiyatlari ostida er uchastkalarini elektron auksion o`tkazmasdan ajratiladi.
2018 yil 19 – 21 noyabrda Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan Turizm sohasidagi birinchi xalqaro investisiya forumini samarali tashkil etish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.
Qarorga muvofiq, Forumni o`tkazish doirasida investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun, istisno tariqasida, er uchastkalari ajratilishining alohida tartibi belgilandi.
Bunda:
• turizm infratuzilmasi ob`ektlarini qurish uchun investorga aniq investisiya majburiyatlari ostida er uchastkalarini elektron auksion o`tkazmasdan ajratish;
• barcha zarur shartlar, shu jumladan, ajratilayotgan er uchastkasi va investor tomonidan bajarilishi lozim bo`lgan investisiya majburiyatlari bo`yicha mahalliy davlat organi rahbari va investor o`rtasida kelishuvga erishilgan taqdirda loyihani amalga oshirish to`g`risida investisiya bitimining imzolanishi;
• investor tomonidan O`zbekistonning tijorat banklariga 15 ish kuni mobaynida investisiya bitimi summasining 25 foizi miqdoridagi mablag`ni deponentga o`tkazish yoki 5 foizi miqdoridagi majburiyatni bajarish kafolatini (performance bond) berish sharti bilan investisiya bitimi tuzilishi nazarda tutilgan.
Investor tomonidan pul mablag`lari depozitga o`tkazilgan yoki moliyaviy majburiyatlarni bajarish bo`yicha kafolat berilgan kundan e`tiboran besh kun muddatda investisiya loyihasini amalga oshirish uchun hokimliklar er uchastkasini ajratish to`g`risida qaror qabul qiladi.
16.11.2018 05:15
Investorlarga erlar auksionsiz beriladi






