AsosiyJamiyat

O‘zLiDeP tashkil topganiga 15 yil to`ldi

'O‘zLiDeP tashkil topganiga 15 yil to`ldi'ning rasmi

Tadbirkorlar, fermerlar, ishbilarmonlar, xususiy va intellektual mulk egalari manfaatlarini himoya qilish uchun siyosiy maydonga chiqqan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topganiga 15 yil to`ldi.

Ta`kidlash kerak, O‘zLiDeP 2003 yilda bir guruh tadbirkor va fermerlarning tashabbusi bilan tuzilgan. Partiyamiz 2004, 2009, 2014 yillarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo`lib o`tgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi eng ko`p deputatlik o`rnini egalladi. 2016 yilda bo`lib o`tgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyamizdan ko`rsatilgan nomzod – Shavkat Mirziyoev katta ustunlik bilan g`alaba qozondi.

Ayni paytda O‘zLiDeP a`zolari soni 500 mingdan ko`proqni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar