AsosiyDunyo

Eng ko`p qirg`in keltirgan falokat​

'Eng ko`p qirg`in keltirgan falokat​'ning rasmi

56 kishining hayotiga zomin bo`lgan Kaliforniyadagi o`rmon yong`inlari keyingi yuz yilda eng ko`p qirg`in keltirgan falokat sifatida qayd etildi.

"Associated Press" xabarida aytilishicha, davom etayotgan yong`inlar 1918 yilgi ming kishi qurbon bo`lgan yong`indan keyin eng ko`p insonni nobud qilgan yong`in bo`ldi. Avvalroq, yong`in 418 kvadrat kilometrni qamrab olgani, 7,6 mingta ob`ekt alanga ichida qolgani, 228 kishi bedarak yo`qolgani aytilgan.

"REGNUM" xabariga ko`ra, Prezident Donald Tramp bugun Kaliforniyaga borib, falokat jabrdiydalari bilan uchrashishni rejalashtirgan. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi o`rinbosari Lindsi Uolters ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar