Hukumat qarori bilan Sharof Raximberdievich Rajabbaev Innovasion rivojlanish vazirining birinchi o`rinbosari vazifasini bajaruvchi, Oybek Kabiljanovich Norinbaev esa Innovasion rivojlanish vazirining o`rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.
Eslatib o`tamiz, Innovasion rivojlanish vazirligi ilg`or xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovasion g`oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovasion rivojlantirishni ta`minlash maqsadida tashkil etilgan.






