AsosiyJamiyat

Yangi ko`krak nishoni ta`sis etildi

'Yangi ko`krak nishoni ta`sis etildi'ning rasmi

“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun” ko`krak nishonini ta`sis etish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.

Qaror bilan “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun” ko`krak nishoni to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra, ushbu ko`krak nishoni bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qo`shgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari hamda fuqarolar taqdirlanadilar.

Ko`krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko`rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo`yicha maslahat kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Maslahat kengashining ishchi organi hisoblanadi.

Qarorga muvofiq, ushbu ko`krak nishoni 8 dekabr – Konstitusiya kuni bayrami arafasida topshiriladi.

Ko`krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to`rt baravari miqdorida bir yo`la to`lanadigan pul mukofoti oladilar.

    Boshqa yangiliklar