14 noyabr kuni O`zbekiston olimpiya terma jamoasi «Dubai Cup» xalqaro musobaqasidagi ilk uchrashuvini o`tkazdi. Vakillarimiz Yaponiyaga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang qayd etishdi.
Terma jamoamiz tarkibida gollarga Aziz Omonov (14-daqiqada) va Oston Urunov (29-daqiqada) mualliflik qilishdi. Endi 17 noyabr kuni Olimpiya terma jamoamiz BAAga qarshi, 20 noyabr kuni esa Kuvayt terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
«Dubai Cup»
14 noyabr 2018 yil, BAA, Dubay.
O`zbekiston – Yaponiya 2:2
Gollar: Aziz Omonov 14, Oston Urunov 29 – Fudjitini 17, Ogava 45 (penalti).
O`zbekiston: 21. Xamroev Umid, 15. Nasrullaev Sherzod, 30. G`ofurov Husniddin, 4. Qobilov Islom (k), 16. Saitov Dilshod, 5. Ismoilov Abror (22. Umirov Davron – 50), 6. Urunov Oston (8. To`xtasinov Nurillo – 80), 7. Nurillaev Suxrob (17. Kenjaboev Islom – 50), 11. Rashidxonov Islom (19. Rustamov Oybek -70), 14. Omonov Aziz (13. Ikromov Farrux – 80), 9. Miraxmadov Mirjaxon (10. Qodirqulov Sanjar – 70).






