Bugun, 15 noyabr kuni O`zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaning Brisben shahrida Livan terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bu O`zbekiston terma jamoasining Ektor Kuper qo`lostidagi 5-uchrashuvi bo`ladi.
Shu paytga qadar o`tkazilgan 4ta o`yinda O`zbekiston 1ta mag`lubiyat, 1ta durang va 2ta g`alaba qayd etdi.
O`zbekiston - Livan uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 15:00da Brisbendagi «CBUS Super Stadium» o`yingohida boshlanadi. Uchrashuvni Shon Evans boshchiligidagi avstraliyalik hakamlar boshqarishadi. Referi assistentlari - Natan Makdonald va Jorj Lakrindis. To`rtinchi hakam - Jarred Gillet.
Bugun O`zbekiston oq rangli libosda harakat qilsa, raqiblarimiz qizil rangli libosda maydonga tushishadi.
Shu paytga qadar O`zbekiston terma jamoasi Livanga qarshi 5ta uchrashuv o`tkazgan. Shulardan 4tasida vakillarimiz g`alaba qozonishgan bo`lsa, 1ta o`yin durang bilan tugagan.
2008 yil 6 fevral Livan - O`zbekiston 0:1 (JCh-2010 saralashi)
2008 yil 14 iyun O`zbekiston - Livan 3:0 (JCh-2010 saralashi)
2012 yil 8 iyun Livan - O`zbekiston 1:1 (JCh-2014 saralashi)
2013 yil 26 mart O`zbekiston - Livan 1:0 (JCh-2014 saralashi)
2016 yil 14 fevral Livan - O`zbekiston 0:2 (O`rtoqlik uchrashuvi)






