AsosiyJamiyat

"O`zbektelekom" AK internet tezligi 10 barobarga oshishi haqidagi xabarga rasman izoh berdi

'"O`zbektelekom" AK internet tezligi 10 barobarga oshishi haqidagi xabarga rasman izoh berdi'ning rasmi

So`nggi kunlarda ko`plab ommaviy axborot vositalari, O`zA — Milliy axborot agentligi ma`lumotlariga asoslanib, 15 kun ichida O`zbekistondagi internet tezligi 10 barobarga oshishini ma`lum qildi. "O`zbektelekom" AK ushbu ma`lumotlarga rasman izoh berdi:

"2018-yilning 9-yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida O`zbekistonda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta`minlash bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligiga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi.

Ushbu yig`ilishda Davlatimiz rahbari Internet tarmog`iga ulanish narxini pasaytirish, shuningdek, ulanish tezligini oshirish, 2020-yilgacha MDH mamlakatlari darajasiga etkazish topshirig`ini berdi.

Kompaniya ishlari barcha yo`nalishlarda yuritilmoqda: ma`lumotlar uzatish tarmog`i kengaytirilmoqda, aholi Internet tarmog`iga yuqori tezlikda ulanish bilan ta`minlanishi oshirilmoqda, mijozlarga xizmat ko`rsatilmoqda va xalqaro hamkorlar bilan faol aloqa saqlanmoqda.

O`tgan 10 oy mobaynida, "O`zbektelekom" AK da zarur takomillashish ishlari tizimli tahlil qilindi, kerakli uskunalar sotib olindi, dasturlar ishlab chiqildi va tashqi kanal imkoniyatlarini kengaytirish va provayderlar, operatorlar va oxirgi foydalanuvchilar uchun Internet tarmog`iga chiqish tezligini oshirish bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi.

Joriy yilning boshida O`zbekiston tashqi Internet-kanallariga ulanish faqat ikkita xalqaro bog`lama orqali amalga oshirilardi. 2018-yil boshiga bog`lamalar o`z mahsuldorligining chegarasida, deyarli ishlamay boshlagandi. Shu munosabat bilan bugungi kunda Kompaniyaning texnik xizmatlari bosqichma-bosqich modernizasiya ishlarini o`tkazmoqda, buning natijasida "O`zbektelekom" AK shu yilning oxiriga qadar, UZTELECOMdan kanal sotib olgan operatorlar va provayderlar iste`moli uchun zarur bo`lgan tezlikni ta`minlay oladi.

Provayderlar va operatorlarning barcha arizalari cheklovlarsiz va to`la hajmda qondiriladi. "UZTELECOM" kompaniyasi "UZONLINE" va "UZMOBILE" abonentlari uchun yanada jozibador tarif rejalarini joriy etishni rejalashtirmoqda".

    Boshqa yangiliklar