Joriy yilning 14 noyabr kunidan e`tiboran Chirchiq-Olmaota yo`nalishida xalqaro avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi.
Ushbu yo`nalishda O`zbekiston tomondan tashuvchi «Uzavtotrans Servis» UK, Qozog`iston tomonidan esa tashuvchi «O`rda» firmasi xizmat ko`rsatadi.
Yo`lovchilar bugungi kunda eng zamonaviy va bir qator qulayliklarga ega bo`lgan“VANHOL” avtobuslarda o`z manzillariga etkaziladi.

Mazkur yo`nalish masofasi 818,0 km. bo`lib qatnovga 16 soatu 30 daqiqa vaqt sarflanadi. Yo`lkira haqi tashuvchilar tomonidan Chirchiqdan Ushkunur avtostansiyasigacha – 150 ming so`m. Ushkunurdan Chirchiqgacha esa – 6 ming tenge qilib belgilandi.
Yo`nalishdagi qatnov “Turkiston” (O`zbekiston), “Qazig`urt” (Qozog`iston) nazorat o`tkazish maskanlari orqali amalga oshiriladi.

Bugungi kungacha O`zbekiston avtomobil taransporti agentligi tomonidan xalqaro avtobus yo`nalishlari soni 11 taga etdi. Shulardan 5 tasi Qozog`iston Respublikasiga “Toshkent- Chimkent” (yanvar oyidan), “Toshkent- Olmaota”(aprel oyidan), “Toshkent- Qizilo`rda”(iyul oyidan), “Nukus- Ushkunur”(avgust oyidan), “Chirchiq- Ushkunur”(14 noyabrdan) yo`nalishlarida amalga oshirilmoqda.
Qirg`iziston Respublikasiga 1 ta “Toshkent- Bishkek” yo`nalishida joriy yilning may oyidan buyon yo`lovchilarga xizmat ko`rsatilmoqda.
Tojikiston Respublikasiga shu kunga qadar 4 ta “Toshkent- Xo`jand”(may oyidan), “Termiz- Dushanbe” (sentyabr oyidan), “Denov-Dushanbe” (sentyabr oyidan), “Samarqand- Panjikent”(sentyabr oyidan) yo`nalishlari ochildi.
Rossiya Federasiyasiga 1ta “Toshkent- Nijniy Novgorod” yo`nalishida sentyabr oyidan e`tiboran qatnovlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu yo`nalishlarda kuniga 15-16 ta avtobus xizmatidan o`rtacha 600-700 ta yo`lovchi foydalanmoqda. Yo`nalishlar ochilgandan boshlab 62 000 dan ortiq yo`lovchilar xalqaro yo`nalishlarda o`z manziliga etkazildi.






