AsosiySiyosat

Italiya O`zbekistonda turizmni rivojlanishiga ko`mak beradi

'Italiya O`zbekistonda turizmni rivojlanishiga ko`mak beradi'ning rasmi

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Italiya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o`rinbosari Manlio di Stefano O`zbekiston bilan Italiya o`rtasidagi hamkorlik munosabatlari va istiqbollari haqida O`zA muxbiriga quyidagilarni so`zlab berdi:

– O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyat ravnaqi uchun juda qulay imkoniyatdir.

Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari katta. Mamlakatlarimiz iqtisodiyoti bir-birini to`ldiradi. Bu turli tarmoqlarda o`zaro manfaatli hamkorlikni yo`lga qo`yish va rivojlantirishda muhim omil bo`ladi.

Ayni paytda qator sohalarda qo`shma bitimlarni amalga oshirish ustida ishlamoqdamiz. Biz taklif etayotgan loyihalar O`zbekistonda ishlab chiqarish korxonalarini har tomonlama qo`llab-quvvatlash, sayyohlik, madaniy yodgorliklarni asrab-avaylash kabi yo`nalishlarni qamrab oladi. Biz nafaqat metallurgiya, qishloq xo`jaligi kabi iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida, balki aynan turizm sohasining turli yo`nalishlarida qo`shma dasturlarni amalga oshirish orqali yurtingizda iqtisodiy o`sish sur`atiga erishishga o`z hissamizni qo`shish istagidamiz.

Evropa Ittifoqi bilan hamkorlik darajasida gapiradigan bo`lsam, ayni paytda Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan yangi strategiya ustida ish olib borilayapti. Shubhasiz, O`zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim davlatlardan. Shu ma`noda, mamlakatingiz bilan barcha sohalarda o`zaro foydali hamkorlikni yo`lga qo`yishdan manfaatdormiz. Bunda hukumatlararo ishchi guruh faoliyati muhim o`rin tutadi.

    Boshqa yangiliklar