AsosiyJamiyat

​Islom taraqqiyot banki "Vaqf" qonunchiligini ishlab chiqish bo`yicha grant ajratadi

'​Islom taraqqiyot banki "Vaqf" qonunchiligini ishlab chiqish bo`yicha grant ajratadi'ning rasmi

2018 yil 14-17 noyabr kunlari Islom taraqqiyot banki vakolatli xodimlaridan iborat guruh “O`zbekiston bank sektorida Islomiy moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish masalalarini muhokamasi” bo`yicha Toshkent shaxrida bo`lishadi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvdan maqsad “Islomiy moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish va “Vaqf” qonunchiligini ishlab chiqish bo`yicha grand ajratish masalalari”ni muxokama qilishdan iborat.

Islomiy moliyalashtirish masalasida turli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida anjuman tashkil etilishi ham ko`zda tutilgan.

Shuningdek, delegasiya a`zolari Toshkent va Samarqand shaharlarini ziyorat qiladilar.

    Boshqa yangiliklar