Indoneziyaning Jakarta shahrida joylashgan Sekaten ko`ngilochar bog`ida charxpalak attraksionida nosozlik yuzaga keldi, deya xabar qilmoqda Segodnya.ua nashri.
U qarama-qarshi tomonga aylanishni boshlagach, ichida odamlar bo`lgan kabinalar ag`darilib ketgan. Ulardan birida yosh bolalar bo`lgan. Odamlar tutqichlarni mahkam ushlab qolgani tufayli omon qolishdi. Shundan so`ng ular bog` xodimlari tomonidan qutqarib olindi. Hodisa oqibatida deyarli jarohat olganlar yo`q.






