Ilhomjon Ne`matov O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2018 yilning 14 noyabr kuni Tashqi ishlar vazirligi hay`atiga Vazirning birinchi o`rinbosari etib tayinlangan Ilhomjon Ne`matov tanishtirilgan.
Ilhomjon Ne`matov bunga qadar O`zbekiston TIV Maxsus topshiriqlar bo`yicha elchisi lavozimida ishlagan.






