AsosiyJamiyat

O`zbekistonda har yili 100 million tonna qum osmonga ko`tarilmoqda

'O`zbekistonda har yili 100 million tonna qum osmonga ko`tarilmoqda'ning rasmi

Poytaxtimizdagi Xalqaro savdo markazida yangi tuzilgan O`zbekiston ekologik partiyasining yig`ilishi bo`lib o`tdi, deb yozmoqda O`zA.

Yig`ilishda 5 kishilik ishchi organga ovoz berildi va ular o`z joyini egallab, partiya ishini boshladi. Anjumanda O`zbekistondagi ekologik vaziyat tahlil etildi.

Ekologik partiya vakili Boriy Alixonovning ma`lumotlariga ko`ra, Orol hududi 15 martaga, sathi 29 metrga qisqargan va 5,5 million gektar cho`l paydo bo`lgan. Buning oqibatida har yili 100 million tonna qum uchib osmonga ko`tarilmoqda.

Joriy yil 22 mayda tuzli yomg`ir yog`ishi kuzatilgan. Oroldan ilgari 30-35 ming tonna biliq ovlangan, hozir esa 1 kilogramm ham baliq ovlashning iloji yo`q.

    Boshqa yangiliklar