O`zbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar to`g`risida"gi qonunining 6-moddasiga asosan ekologik partiya tashkil etish bo`yicha mamlakatimiz fuqarolaridan iborat tashabbuskorlar guruhi shakllandi.
Bugun, 14 noyabr kuni Xalqaro savdo markazida yangi partiya tashkil etish bo`yicha majlis o`tkazildi, deb xabar bermoqda O`zA.
Majlisda O`zbekiston ekologik partiyasi tashkil etilgani ma`lum qilindi.
Boriy Alixonov raisligida o`tkazilayotgan mazkur anjumanda vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.






