AsosiyDunyo

Marvel komikslari muallifi Sten Li vafot etdi

'Marvel komikslari muallifi Sten Li vafot etdi 'ning rasmi

Komikslar muallifi, yozuvchi va Marvel kompaniyasining sobiq prezidenti Sten Li vafot etdi, deya xabar bermoqda Daily Mail.

U 96 yoshida og`ir kasalliklarni boshidan kechirib qazo qildi.

Sten Li — Marvel kinokoinotidagi ko`plab qahramonlarning, jumladan, O`rgimchak-odam, Xalk, Iks odamlar, Temir odam, Tor, Qasoskorlar va Fantastik to`rtlikning muallifidir.

Ma`lumotlariga ko`ra, Li bir necha yillar davomida og`ir kasalliklardan aziyat chekkan, jumladan, pnevmoniya va ko`rish bilan bog`liq muammolar uni qiynab kelgan. Yozuvchi Los-Anjelesdagi tibbiy markazda vafot etgan.

Sten Li amerikalik yozuvchi, muharrir va ko`plab komikslar yaratuvchisi hisoblanadi. U «Kapitan Amerika», «Iks odamlar», «O`rgimchak odam» va boshqa ko`plab filmlarga prodyuserlik qilgan.

    Boshqa yangiliklar