Evropa Ittifoqining Brexit muzokarachisi Mishel Barnening ma`lum qilishicha, barcha sa`y-harakatlarga qaramay, London bilan bitim imzolanmagan, deya ma`lum qilmoqda Rentv.ru nashri.
Bu haqda Barne Bryusselda EIga a`zo 27 ta davlatning bosh vazirlari ishtirokidagi yig`ilshada xabar qildi. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Meyning ma`lum qilishicha, mamlakatning Evropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi bo`yicha muzokaralar «oxirgi bosqichda» turibdi. Uning so`zlariga ko`ra, Britaniya hukumati «osonini emas, balki to`g`ri tanlovni» amalga oshirishi zarur.
– Brexitga qaramay, Britaniya va Evropa Ittifoqi o`rtasidagi munosabatlar yaxshi qo`shnichilik darajasida saqlanib qoladi, – deydi Britaniya Bosh vaziri.






