AsosiyDunyo

Yamanda hukumat va isyonchilar o`rtasida to`qnashuvlar davom etmoqda

'Yamanda hukumat va isyonchilar o`rtasida to`qnashuvlar davom etmoqda 'ning rasmi

Yamanning Xudayda port shahrida hukumat qo`shinlari va isyonchi xusiylar o`rtasida davom etayotgan to`qnashuvlar oqibatida halok bo`lganlar soni 150 ga etdi, deb ma`lum qildi RIA Novosti nashri.

Ma`lumotlarga ko`ra, shahar ustidan nazorat uchun kurash 11 noyabr kuni boshlangan. To`qnashuvlar aholi istiqomat qiluvchi punktlarda davom etmoqda. Jang maydoniga aylanib borayotgan shaharda 600 ming kishi og`ir ahvolda. Ularga yordam ko`rsatish uchun yordam guruhlari jo`natilmoqda.

    Boshqa yangiliklar