AsosiyJamiyat

O`zbekistonda parrandachilik klasterlari tashkil qilinadi

'O`zbekistonda parrandachilik klasterlari tashkil qilinadi'ning rasmi

Mamlakatimizda parrandachilikni yanada jadal rivojlantirishga, jumladan, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonini modernizasiya qilish va tayyor parrandachilik mahsulotlari eksportini kengaytirishga to`sqinlik qilayotgan qator muammolarni bartaraf etish maqsadida Prezidentimizning 2018 yil 13 noyabrda “Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Respublikada parrandachilikni yanada rivojlantirish va har tomonlama qo`llab-quvvatlash, sohaga ilg`or texnologiyalar va innovasion ishlanmalarni joriy etish, parranda mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, ularning turlari va eksport ko`lamini kengaytirish maqsadida parrandachilik sohasini rivojlantirish bo`yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Jumladan:

• raqobatbardosh parranda mahsulotlari ishlab chiqarish orqali aholini etarli miqdorda parranda mahsulotlari bilan barqaror va maqbul narxlarda ta`minlash, eksport salohiyatini oshirish;

• ilg`or xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda parrandachilik klasterlarini tashkil qilish, bunda innovasion texnologiyalarni keng tatbiq etish;

• sohaga faol investisiya jalb etish orqali parranda mahsulotlarini, shu jumladan, parranda chiqindilarini chuqur qayta ishlash, yuqori qo`shilgan qiymatli parranda mahsulotlarini ishlab chiqarish;

• ilmiy-diagnostika laboratoriyalar tashkil qilish orqali parrandalar orasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish choralarini ko`rish;

• ozuqa bazasini kengaytirish, import o`rnini bosuvchi ozuqa va vitaminlarni ishlab chiqarish;

• parrandachilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarga bo`lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta`minlash.

    Boshqa yangiliklar