OAVda taniqli xonanda Mahsun Qirmizigulning Istanbuldagi uyiga o`g`irlikka tushib, u erdan 275 ming dollarlik buyumlarni olib chiqib ketish gumoni bilan migrantlarning ushlangani to`g`risida tarqatilgan xabar katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi.
Turkiyaning “NTV” telekanali tarqatgan xabarga ko`ra, jinoyat 5 noyabr kuni ma`lum bo`ldi. O`sha kuni Mahsun Qirmizigulning onasi – 85 yoshli Fayka Ariq polisiyaga murojaat qilib, uyga o`g`irlikka tushishda 41 yoshli muhojiri Miesser M.dan gumon qilayotganini aytgan. Muhojir bir hafta avval uy xodimasi sifatida ishlab ketgan edi.
Polisiya xodimlari Istanbulning Kyuchyukchekmedje tumanida joylashgan Miesser yashagan uyda tintuv o`tkazdi va 50 ming dollar naqd pul va 12 ta oltin zanjirni topdi.
“Gumondorlar Turkiyada qonunga xilof ravishda bo`lib turgan. Shu sababli ular Istanbuldagi Otaturk aeroportidan uchib ketishlariga ko`zlari etmasligini bilgach, Anqara tomon yo`l olishgan va 20 ming dollar naqd pul hamda 300 gramm oltin bilan qo`lga tushgan“, deydi polisiya xodimi.
Polisiyaning xabar berishicha, eri bilan Istanbulga olib kelingan Miesser Mahsun Qirmizgulning uyidan 275 ming dollarlik buyumlarni, jumladan 130 ming dollar va 5 ming evro naqd pul, shuningdek 45 dona qimmatbaho zargarlik buyumlarni o`g`irlagan.
“Hürriýet” gazetasining xabariga ko`ra, so`roq vaqtida o`g`irlikda gumon qilinayotgan er-xotinlar o`zlarining yonidan chiqqan buyumlarni o`g`irlaganliklarini tan olgan.






