Moskva g`arbidagi quvurlarni almashtirish jarayonida ishchilar to`rtta inson skeletini topishdi. Bu haqda Lenta.ru xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Mozay ko`chasidan topilgan suyaklar kamida etti yil avval ko`milgan jasadga tegishli. Voqea yuzasidan dastlabki tergov va sud ekspertizasi boshlandi.
24 oktyabr kuni Moskva hayvonot bog`i hududi, ya`ni Bolshaya Gruzinskaya ko`chasida isitish moslamalarini yangilash jarayonida ham inson skeleti topilgandi.






