Braziliyaning Niteroy munisipalitetida ko`chki ro`y berdi, deya xabar berdi “Imedi” nashri.
Hodisa oqibatida kamida 10 kishi qurbon bo`lgan. Bundan tashqari, 4 nafar inson bedarak yo`qolgan. O`ndan ortiq uylar butunlay vayronaga aylandi. Shuningdek, ushbu hududdagi qahvaxonlardan biri ham qulab tushdi. Voqea joyida yuzlab qutqaruvchilar odamlarga yordam ko`rsatish uchun jalb qilingan.






