AsosiyJamiyat

Qanday dori vositalarini reseptsiz olish mumkin?

'Qanday dori vositalarini reseptsiz olish mumkin?'ning rasmi

“Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to`g`risida”gi Qonunga muvofiq, Sog`liqni saqlash vazirligi har yili bir marotaba Reseptsiz beriladigan dori vositalari ro`yxatini tasdiqlaydi.

Shunga ko`ra, Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan Reseptsiz beriladigan dori vositalari ro`yxati Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali xabar bermoqda.

Yangi tahrirda monopreparatlar ro`yxatidan (ya`ni tarkibida bir dona ta`sir etuvchi moddasi mavjud bo`lgan dori vositalari), 6 ta nomdagi dori vositalari chiqarib tashlanib, 4 ta yangi dori vositalari nomlari qo`shilgan.

Majmuaviy preparatlar ro`yxatidan (tarkibida ikki va undan ortiq ta`sir etuvchi moddasi bo`lgan dori vositalari) esa 67 ta nomdagi dori vositalari chiqarib tashlangan va 91 ta yangi dori vositalari nomlari qo`shilgan.

Endilikda reseptsiz beriladigan monopreparatlar soni 189 tani tashkil etmoqda. Reseptsiz beriladigan majmuaviy preparatlar soni esa – 1087 tani tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar