O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrda “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2019 yilda quyidagi qo`shimcha dam olish kunlari belgilandi:
• 2 yanvar – chorshanba;
• 22 mart – juma;
• 2 sentyabr – dushanba.
2019 yilda quyidagi dam olish kunlari ko`chiriladi:
• 5 yanvar – shanba 3 yanvar – payshanbaga;
• 1 iyun – shanba 6 iyun – payshanbaga;
• 7 sentyabr – shanba 3 sentyabr – seshanbaga;
• 28 dekabr – shanba 31 dekabr – seshanbaga.
13.11.2018 04:33
2019 yildagi qo`shimcha dam olish kunlari belgilandi






