AsosiySport

Bokschi qizlarimiz jahon chempionatida ishtirok etadilar

'Bokschi qizlarimiz jahon chempionatida ishtirok etadilar'ning rasmi

15-24 noyabr kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo`yicha ayollar o`rtasidagi XI jahon chempionati o`tkaziladi. «IG Indoor Stadium» arenasi mezbonlik qiladigan musobaqada jahonning 60 ga yaqin mamlakatidan 300 nafardan ziyod bokschi ringga ko`tariladi. Mazkur jahon birinchiligida O`zbekiston ayollar terma jamoasi ilk marotaba to`liq tarkib bilan ishtirok etadi.

Terma jamoamiz jahon chempionatida quyidagi tarkibda qatnashadi:

-48 kg: G. Sultonalieva
-51 kg: A. Yakubova
-54 kg: T. Rahimova
-57 kg: Yo. Mirzaeva
-60 kg: R. Qodirova
-64 kg: M. Meylieva
-69 kg: Sh. Yunusova
-75 kg: E. Meylieva
+81 kg: G. Ismatova

Bosh murabbiy: L. Qo`chqorov
Katta murabbiy: K. Mutalov
Murabbiy: B. Nurdinov.

Milliy olimpiya qo`mitasi ushbu musobaqada sportchilarimizga omad tilaydi.

    Boshqa yangiliklar