Toshkent viloyati Yangiyo`l tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Yu.ning xonadonidan giyohvandlik moddasi topildi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma`lumotida qayd etilishicha, Yangiyo`l tumani ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan joriy yil 9 noyabr kuni o`tkazilgan tezkor tadbir davomida gumondor D.Yu.ning xonadoni o`rganilgan. Fuqaro xonadonini tekshirish jarayonida hovlidagi xandaq ichidan “Chokotello“ va “Neskafe Nan 1“ qutilari topilib, ko`zdan kechirilganida, ushbu qutilar ichida 350 grammdan ortiq “marixuana“ giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Fuqaro D.Yu. mazkur holatga izoh berar ekan, “marixuana“ giyohvandlik moddasini o`zi iste`mol qilishi uchun saqlab kelayotganini ma`lum qilgan.
Hozirda tuman ichki ishlar bo`limi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan fuqaro D.Yu. ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






