Jizzax viloyati Forish tumanidagi "Nurota" davlat qo`riqxonasi hududida noqonuniy ov qilib yurgan Sh.D. ushlandi.
Bu shaxs Samarqand viloyati Payariq tumani "Nakurt" mahalla fuqarolar yig`ini Ulpatan qishlog`ida yashashi ma`lum bo`ldi. Ushbu qonunbuzardan 1952 yilda ishlab chiqarilgan 1 stvolli, 16 kalibrli, ZK rusumli ov miltig`i olingan.
Viloyat IIB axborot multimedia guruhi bergan xabarga ko`ra, Sh.D. ga nisbatan noqonuniy qurol saqlash va maxsus qo`riqlanadigan hududda ov qilish bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan, deb yozmoqda O`zA.






