O`zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 11-22 noyabr kunlari Avstraliyaning Brisben shahrida o`quv mashg`ulot yig`inini o`tkazadi.
Bugun futbolchilar va murabbiylar shtabi Toshkent vaqti bilan soat 21:20da Toshkent - Seul - Brisben yo`nalishi bo`ylab Avstraliyaga yo`l olishadi.
Ektor Kuper shu haftaning boshlarida milliy terma jamoaning Avstraliyaga yo`l oladigan tarkibini e`lon qilgandi. Ammo bugungi kunga kelib uch nafar futbolchi jarohati tufayli Brisbendagi yig`inda va Livan hamda Janubiy Koreyaga qarshi o`rtoqlik o`yinlarida qatnasha olmasligi ma`lum bo`ldi. Bular - terma jamoamiz sardori, yaqinda "Shanxay SIPG" tarkibida Xitoy chempioniga aylangan Odil Ahmedov hamda "Paxtakor" futbolchilari Farrux Sayfiev va Jasur Yaxshiboev.
Shuningdek, "Paxtakor"ning yana bir a`zosi Jaloliddin Masharipov diskvalifikasiya tufayli o`rtoqlik o`yinlarida qatnasha olmasligini futbol muxlislari yaxshi bilishadi. Shunga qaramay, Ektor Kuper Masharipovni Avstraliyaga olib ketishga qaror qildi. Chunki Masharipov rasmiy o`yinlarda maydonga tusha oladi. Bosh murabbiyning iste`dodli yarim himoyachidan umidi katta bo`lib, Jaloliddin Masharipov 2019 yil yanvarda bo`lib o`tadigan Osiyo Kubogida jamoamizga yordam berishi uchun murabbiy shunday qarorga kelmoqda.
Demak, bugun Avstraliyaga quyidagi futbolchilar yo`l olishadi:
Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
Eldorbek Suyunov (“Paxtakor”)
O`tkir Yusupov ("Qo`qon-1912")
Himoyachilar:
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
Davron Hoshimov ("Navbahor")
Vladimir Kozak(“Paxtakor”)
Egor Krimes (“Paxtakor”)
Akmal Shorahmedov ("Paxtakor")
Islom To`xtaxo`jaev (“Lokomotiv”)
Doston Tursunov ("Neftchi")
Odil Hamrobekov ("Nasaf")
Oleg Zoteev ("Lokomotiv")
Yarim himoyachilar:
Ikrom Aliboev ("Lokomotiv")
Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
Aziz Turg`unboev ("Navbahor")
Husniddin G`ofurov (“Lokomotiv”)
Eldor Shomurodov(“Rostov”, Rossiya)
Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA)
Javohir Sidiqov ("Qo`qon-1912")
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
Hujumchi:
Bikmaev Marat (“Lokomotiv”)






