Turkiya hukumati O`zbekiston fuqarolari uchun vizasiz tartib yanada yaxshilanganini ma`lum qildi.
Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdog`an 2018 yilning 10 noyabr kuni imzolagan 327-sonli qarorga ko`ra, bundan buyon O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga Turkiyada 180 kun davomida ko`pi bilan 90 kun vizasiz qolishlariga ruxsat beriladi.
O`zbekistonliklar shu paytgacha Turkiyada vizasiz 30 kun qolishlari mumkin edi.






