Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 13 noyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi biroz yog`ingarchilik bo`lishi mumkin (yomg`ir qorga aylanishi mumkin), kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-6 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi ayrim joylarda biroz yog`ingarchilik bo`lishi mumkin (yomg`ir qorga aylanishi mumkin) kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 18-23 metrgacha, shiddat bilan sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi ayrim joylarda biroz yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir qorga aylanishi mumkin) kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 18-23 metrgacha, shiddat bilan sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`lishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 18-23 metrgacha, shiddat bilan sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq bo`ladi.






