AsosiyJamiyat

O`zbekistonda havo keskin sovib ketishi kutilmoqda

'O`zbekistonda havo keskin sovib ketishi kutilmoqda 'ning rasmi

12-15 noyabr kunlari Rossiyaning (Moskva oblasti) Evropa hududi markaziy tumanlari uzra shakllangan sovuq va nisbatan nam havo massasi G`arbiy Qozog`iston orqali O`zbekiston hududiga kirib keladi. Bu haqda O`zgidromet xabar bermoqda.

12-13 noyabr kunlari respublika hududi bo`ylab ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir qorga aylanishi mumkin). Shamol tezligi sekundiga 18-23 metrgacha, ba`zan 25-28 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.

13-15 noyabr kunlari havo harorati respublika hududida kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, shimolda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar