AsosiyDunyo

Stiven Xokingning nogironlik aravachasi rekord summaga sotildi

'Stiven Xokingning nogironlik aravachasi rekord summaga sotildi 'ning rasmi

Ulug` olim, marhum Stiven Xokingning nogironlik aravachasi kimoshdi savdosida yarim million dollarga sotildi, deya bildirmoqda Ren.tv nashri.

Kimoshdi savdosi Londdondagi “Kristis”da bo`lib o`tdi.

Ushbu kursida Xoking o`zining ilk ishlarini olib borgan edi. Shuningdek, olimning yana bir qancha buyumlari sotildi.

Barcha mablag`lar Xoking xayriya jamg`armasiga yo`naltirildi.

    Boshqa yangiliklar