AsosiySport

Shohjahon Ergashev yana bir raqibini nokautga uchratdi

'Shohjahon Ergashev yana bir raqibini nokautga uchratdi'ning rasmi

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Chikagoda o`zining 15-jangini o`tkazdi.

Ushbu jangda hamyurtimizga amerikalik Zaka Remsi raqiblik qildi. Sakkiz raundga mo`ljallangan jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Bokschimiz ilk raundda raqibini nokautga uchratdi.

Ma`lumot uchun, Remsi prof ringda 13 ta jang o`tkazib, ularning 8 tasida g`alaba qozongan (4 tasi nokaut bilan). 5 marotaba mag`lub bo`lgan (3 marotaba nokautga uchragan).

Shohjahon uchun esa bu 15-jangdagi 15-g`alaba bo`ldi. U janglarining 14 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.

    Boshqa yangiliklar