Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og`ir atletika bo`yicha jahon chempionati yakunlandi.
Musobaqada +109 kg vazn toifasida bahslar o`tkazildi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini Rustam Djangabaev himoya qildi.
Hamyurtimiz dast ko`tarishda 202 kg. natija ko`rsatdi va to`rtinchi o`rin bilan kifoyalandi. Siltab ko`tarishda esa 245 kg. toshni o`ziga bo`ysundirdi va bronza medaliga sazovor bo`ldi. Ikkikurash yakuniga ko`ra 447 kg. natija ko`rsatgan Rustam bu borada ham bronza medaliga ega chiqdi.
Shu tariqa Turkmanistondagi jahon chempionati yakunlandi. Terma jamoamiz vakillari musobaqa davomida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo`lga kiritdilar.
Polvonlarimiz 12 noyabr kuni yurtimizga qaytib keladilar. Sportchilarimiz shu kuni ertalab soat 07:00da, poytaxtimizdagi «Janubiy» vokzalda tantanali ravishda kutib olinadilar.






