Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining bugun o`tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida tumanning yangi hokimi tasdiqlandi.
Ibatov Baxtiyor Kenjaevich tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Baxtiyor Ibatov yangi lavozimga Denov tumanini 2017 yilning oktyabr oyidan buyon boshqarib kelayotgan Qosimov Ulug`bek Berdiqobilovichning o`rniga tayinlandi.
Ulug`bek Qosimov joriy yilning 8 noyabridan Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida ish boshladi.
Baxtiyor Ibatov 2016 yil dekabridan buyon Angor tumanini boshqarib kelayotgan edi. U bundan avval Qiziriq tumani hokimi, shuningdek, prokuratura tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko`rsatgan
Avval xabar qilganimizdek, Angor tumaniga joriy yilning 10 noyabridan viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan Turapov Usmon Yangibaevich hokim vazifasini bajaruvchi bo`ldi.
Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining navbatdan tashqari 48-sessiyasida Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o`ribosari T.Bobolov ishtirok etdi va so`zga chiqdi.






