2040 yilgacha umr ko`rish davomiyligi eng yuqori davlatlar reytingi tuzildi. Baholash va salomatlikni baholash instituti (IHME) tomonidan o`tkazilgan tadqiqotga ko`ra, umr ko`rish davomiyligi eng yuqori davlat Ispaniya bo`ldi.
Ushbu mamlakatda 2040 yilgacha umr ko`rish davomiyligi 85,8 yilga etadi. Mutaxassislarning fikricha, bunday uzoq umr ko`rishga o`z ichiga mevalar, baliq va sabzavotlarni oluvchi O`rta er dengizi ovqatlanish tartibi hisoblanadi. Reytingda 2-o`rinni Yaponiya (85,7 yil), 3-o`rinni Italiya egallagan.
Etakchi ettitalikka Isroil, Fransiya, Lyuksemburg va Avstraliya ham kiritilgan.






