Hindistonning olmos sanoati markazi sanalgan Gujarotda so`nggi vaqtlarda qimmatbaho toshlar eksporti keskin kamaydi, deb xabar qildi News.day.az nashri.
Ekspertlarning ta`kidlashicha, bunga AQSh va Xitoy o`rtasidagi savdo urushi sabab bo`lmoqda. Yil boshida AQSh Xitoyning barcha tovarlariga bojlarni oshirgani Xitoy yuanining 18 foiz pasayishiga olib kelgan. Bu esa, o`z navbatida, osiyolik olmos haridorlaringa ham ta`sir ko`rsatgan. Xitoyda valyuta amortizasiyasi Hindiston olmos sanoatining keskin tushib ketishiga olib kelmoqda.






