Italiyaning Genui portida katta miqdordagi giyohvand modda aniqlandi va musodara qilindi, deb xabar bermoqda Mir24.tv nashri.
Umumiy vazni 270 kg. bo`lgan geroin Erondan kelayotgan konteynerga yashiringan. Bu so`nggi 20 yil ichida yuk jo`natmasidan topilgan eng yirik giyohvand moddadir. Ayni vaqtda holat yuzasidan 2 nafar turkiyalik muhojirlar qo`lga olingan va tergov ishlari olib borilmoqda.






